DAVLAT XIZMATCHISI BUGUNGI ISLOHOTLARDAN TO‘LIQ XABARDOR BO‘LISHI KERAK
Samarqand shahar hokimligida hokimlik xodimlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘tgan siyosiy-ma’rifat soati shunday boshlandi.
Unda Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisdagi nutqining mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.
Shuningdek, o‘quvda Prezidentning Oliy Majlis Senatining parlament saylovidan keyingi birinchi majlisidagi nutqining mazmuni haqida so‘z bordi.
Mavzu yuzasidan axborot bergan SamDU professori Farhod Nabiyev hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Nasimjon Mirubaydov ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berdi.