BUYUK IPAK YO‘LI KO‘CHASINING BIR QISMIDA TRANSPORT VOSITALARINING HARAKATI VAQTINCHA CHEKLANADI

Hurmatli haydovchilar va yo‘l harakati ishtirokchilari!
Xabaringiz bor ayni kunlarda Samarqand shahridagi Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Endilikda ishlar Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi (sobiq Mirsharapov)ning Narpay ko‘chasi bilan kesishmasidan Mirzo Ulug‘bek va Beruniy ko‘chasi tutashmasi (xalq tilida povorot)gacha bo‘lgan qismida davom etadi.
Shu munosabat bilan ushbu ko‘chaning aytilgan qismida ertaga, 4-iyun kunidan boshlab joriy yilning 4-iyuliga qadar transport vositalarining harakati bir tomonlama cheklanadi.
Harakat xavfsizligini ta’minlash va noqulayliklarning oldini olish maqsadida haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlari so‘raladi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
Yangiliklar
4 июня 2025 г.
4 июня 2025 г.
2 июня 2025 г.