BARCHANGIZGA SAMARQAND SHAHRI KUNI QUTLUGʻ BO‘LSIN!

Assalomu alaykum, hurmatli hamshaharlar va qadrli shahrimiz mehmonlari!
Siz azizlarni, 18 oktyabr – "Samarqand shahri kuni" bayrami bilan samimiy tabriklayman. Go‘zal shahrimiz biz samarqandliklarning mehru-muhabbati bilan yer yuzining sayqali sifatida kundan-kun chiroy ochib bormoqda.
Ta’kidlash kerakki, ilm-fan, madaniyat, san’at va hunarmandchilik markazi sifatida Samarqand dunyo ahlini hayratga solib, o‘z bag‘riga chorlamoqda.
Ayniqsa, bizni quvontiradigan holat shuki – Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan bu betakror kent dunyo ahlini bir yerga jamlab, ona sayyoramizda tinchlik-totuvlikni, o‘zaro ishonch va hamkorlikni ta’minlash maskani sifatida tarixda muhrlanyapti.
Qadrli do‘stlar, shahrimiz ayyomi yana bir bor muborak bo‘lsin!
Fazliddin UMAROV, Samarqand shahar hokimi.
Yangiliklar
15 сентября 2025 г.
15 сентября 2025 г.
13 сентября 2025 г.
13 сентября 2025 г.