Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

AYNI PAYTDA AMIR TEMUR KO‘CHASINING MIR SAID BARAKA KO‘CHASI BILAN KESISHMASIDAN MAHMUD KOSHG‘ARIY KO‘CHASIGACHA BO‘LGAN QISMIDA ASFALT YOTQIZISH ISHLARI OLIB BORILYAPTI

Ayni paytda Amir Temur ko‘chasining Mir Said Baraka ko‘chasi bilan kesishmasidan Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida asfalt yotqizish ishlari olib borilyapti

Avval xabar berganimizdik, Amir Temur ko‘chasida olib borilayotgan obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari ayni paytda ham davom etmoqda. 

Bugungi kunda Amir Temur ko‘chasining Mir Said Baraka ko‘chasi bilan kesishmasidan Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasi tutashmasigacha bo‘lgan qismida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda va ushbu hududdagi ish ikki-uch kunda yakunlanishi belgilangan.

Shuningdek, asfalt yotqizish ishlarining keyingi bosqichi Amir Temur ko‘chasining Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasi bilan kesishmasidan Bo‘stonsaroy ko‘chasi tutashmasigacha bo‘lgan qismida olib borilishi ko‘zda tutilgan. 

Shunga ko‘ra, ushbu ko‘chaning ta’mirlash ishlari olib boriladigan qismida vaqti-vaqti bilan transport vositalarining harakati cheklab borilishini ma’lum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentyabrdagi “Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizasiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi Amir Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Gagarin ko‘chasigacha bo‘lgan qismida rekonstruksiya qilish va qurilish-montaj ishlari olib borish rejalashtirilgan. 

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

 
 
25 июля 2023 г. 11:23 |