ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI JURNALISTLAR!

Sizlarni bugungi kasb bayramingiz – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlarning o‘rni va roli yildan yilga oshib borayotganiga hammamiz guvoh bo‘lib turibmiz.
Bilamizki, 1993-yildan buyon mamlakatimizda 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Jurnalistlarning mavqei, jamiyat hayotidagi o‘rni mustahkamlanib, mazkur soha to‘rtinchi hokimiyat sifatida o‘zini namoyon qila boshladi.
Samarqand shahrining yanada chiroy ochishi, aholi turmush farovonligining yuksalishi, shahrimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar zamirida matbuot xodimlarining fidokorona mehnatlari ham mujassam.
Yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar tilagan holda ijodiy barkamollik, mustahkam sog‘lik va xonadoningizga qut-baraka tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Fazliddin Umarov
Samarqand shahar hokimi.
Yangiliklar
10 июля 2025 г.
9 июля 2025 г.
9 июля 2025 г.
8 июля 2025 г.
7 июля 2025 г.