AMIR TEMUR KO‘CHASINING AYRIM QISMIDA TRANSPORT VOSITALARINING HARAKATI VAQTINCHA CHEKLANADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentabrdagi “Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi Amir Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Gagarin ko‘chasigacha bo‘lgan qismida rekonstruksiya qilish va qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
SHunga ko'ra, Amir Temur nomi bilan ataluvchi ko‘chaning ta'mirlash ishlari olib boriladigan qismida vaqti-vaqti bilan transport vositalarining harakati cheklab borilishini ma'lum qilamiz.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
Yangiliklar
15 сентября 2025 г.
15 сентября 2025 г.
13 сентября 2025 г.
13 сентября 2025 г.