AHOLI DIQQATIGA! TRAMVAY HARAKATI VAQTINCHA TO‘XTATILDI
Samarqand shahridagi Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida tonnel qurish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan Rudakiy ko‘chasining qurilish bo‘layotgan qismida transport vositalarining harakati bosqichma-bosqich cheklanadi.
Shu munosabat bilan 2-sonli “Temiryo‘l vokzali — Siyob bozori” tramvay yo‘nalishi vaqtincha to‘xtatildi.
Tramvay harakati tiklangunga qadar fuqarolarga parallel yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslardan foydalanish tavsiya etiladi.
Qurilish ishlari yakunlanganidan so‘ng, tramvay qatnovi qayta tiklanishi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
28 июля 2025 г. 11:31 |
Yangiliklar
"Yilning Eng Faol Maktabi" Tanloviga Ovoz Berish Davom Etmoqda!i
9 декабря 2025 г.
8-Dekabr – O‘Zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qabul Qilingan Kun!i
8 декабря 2025 г.