Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

“20 MING TADBIRKOR – 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS” DASTURI TADBIRKORLAR UCHUN KENG IMKONIYAT ESHIGI

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi tadbirkorlar uchun keng imkoniyat eshigi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF 93-sonli Farmoniga asosan, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshirilishi belgilangan. 

Samarqand shahrida ushbu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilangan bo'lib, dastur doirasida seminar tashkil etildi. 

Seminarda viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Isroil Jabborov hamda Samarqand shahar hokimining birinchi o'rinbosari Dilshod Habibullayev, shuningdek, shahardagi tashkilot rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etdi. 

Bugungi seminarda farmonning mazmun-mohiyati, tadbirkorlarga yaratiladigan shart-sharoit, imtiyoz va qulayliklar haqida keng tushunchalar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob qaytarildi.

 
 
7 июля 2023 г. 18:46 |