1-OKTABR – "O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI"
Shu munosabat bilan Samarqand shahridagi "Sadaf" bazmgohida shahar hokimligi tomonidan ushbu sharafli kasb egalaridan bir guruhini taqdirlash va ularga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda shahar hokimining o‘rinbosari Farhod Nishonov so‘zga chiqib, kun qahramonlari va ular orqali barcha soha xodimlarini tabrikladi.
Tadbir davomida o‘zining fidoyiligi, yoshlarga ta’lim berib, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi ulkan hissalari uchun bir guruh ustozlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida konsert dasturlari tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, sana munosabati bilan 1-oktabr kuni soat 17:00 da Qorasuv massividagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida GALA-KONSERT bo‘lib o‘tadi.
Unda taniqli san’atkorlar – Lola Ahmedova, Ali Otajonov, VIA Marakanda hamda shahrimizning xushovoz xonandalari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etadi.