Samarqand shahar hokimligi boshqaruv apparati, uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi Nizomlarni hamda boshqaruv apparati xodimlarining funksional vazifalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PK-2691-sonli qarori, Samarqand viloyat hokimining 2018 yil 8 sentyabrdagi 603-Q-sonli qarori hamda shahar hokimligi boshqaruv apparati faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ularning mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida
QAROR QILAMAN:
1. Samarqand viloyat hokimining 2018 yil 8 sentyabrdagi “Viloyat hokimligi boshqaruv apparati, uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi Nizomlarni hamda boshqaruv apparati xodimlarining funksional vazifalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 603-Q sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Shahar hokimligi boshqaruv apparati to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga;
shahar hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga;
shahar hokimligi iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari majmuasi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga;
shahar hokimligi sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari majmuasi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga; shahar hokimligi investisiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, kichik sanoat zonalari va turizmni rivojlantirish masalalari majmuasi to‘g‘risidagi Nizom 5-ilovaga;
shahar hokimligi qishloq va suv xo‘jaligi masalalari majmuasi to‘g‘risidagi Nizom 6-ilovaga;
shahar hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha majmuasi to‘g‘risidagi Nizom 7 -ilovaga;
shahar hokimining o‘rinbosari-xotin-qizlar qo‘mitasi raisi majmuasi to‘g‘risidagi Nizom 8-ilovaga;
shahar hokimligi boshqaruv apparati xodimlarining funksional vazifalari taqsimoti 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Shahar hokimining o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, boshqaruv apparati xodimlari ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomlar va funksional vazifalar taqsimoti talablariga to‘liq rioya etsinlar.
Belgilab qo‘yilsinki, Nizomlar va funksional vazifalarga rioya etilmasligi ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq intizomiy jazo choralari qo‘llanilishiga asos bo‘lib hisoblanadi.
Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar kiritsinlar;
4. Shahar hokimining 2017 yil 3 maydagi 75-F-sonli farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Shahar hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi (A.Rahmatullayev) shahar hokimligi boshqaruv apparatining barcha xodimlarini o‘z vazifalari bilan tanishtirilishini ta’minlasin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.