Murojaatlar
Primary tabs
Samarqand shahar hokimligiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida ma’lumot
Жами мурожаатлар | Murojaatlarni shakllari | ||||||
Shaxsiy va sayyor qabullar (Og‘zaki murojaatlar) | Yozma murojaatlar | Elektron murojaatlar | |||||
2019 y | 2020 y | 2019 y | 2020 y | 2019 y | 2020 y | 2019 y | 2020 y |
11 549 | 5 343 | 776 | 560 | 10 773 | 4 783 | 0 | 0 |
Shahar hokimligiga kelib tushgan kirish hujjatlari va ularning hokimlik tizimida ijro holati to‘g‘risida
MA’LUMOT
Shahar hokimligiga kelib tushgan hujjatlarni ro‘yxatga olish va ijroga qaratishda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi
12-sonli, 1999 yil 29 martdagi 140-sonli hamda Samarqand shahar hokimining 2018 yil 11 sentyabrdagi 1621-Q sonli qarorlari talablari asosida amalga oshirilmoqda.
Shahar hokimligiga 2020 yilning o‘tgan davri mobaynida jami 4606 ta hujjatlar; - shundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 52 ta Farmoni, 95 ta Qarorlari va 6 ta Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining 164 ta Qaror va 24 ta Farmoyishlari, Viloyat hokimining 139 ta Qaror va 35 ta Farmoyishlari, 1066 ta bayon va chora-tadbirlar rejasi, hamda 3025 ta topshiriq va xatlar kirim qilingan.
Mazkur hujjatlarni ijroga qaratish maqsadida shahar hokimining 125 ta qarorlari, 30 ta farmoyishlari qabul qilingan.
Biroq, tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki shahar hokimligida yuqori tashkilotlardan kelgan xujjatlar bilan ishlash tizimi talab darajasida emas.
Samarqand shahar hokimligida 2020 yilning 3-yanvaridan buyon Is_DocFlow, EXAT elektron hujjat aylanish tizimi orqali 2020 yilning o‘tgan davri mobaynida jami 4606 ta hujjatlar kelib tushgan, shundan 3709 ta (80.53%) hujjatlar ijrosi ta’minlangan. muddati bor 83 ta (1.8%), 632 ta (13.94%) hujjatlar ijrosi ta’minlanmagan (O‘z vaqtida yopilmagan).
Kirish hujjatlari ijrosi tahlil qilinganda O‘rinbosarlar rahbarligidagi komplekslari kesimida, quyidagicha:
Shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Egamov rahbarligidagida; Jami: 1602 ta shundan bajarilgan – 1330 ta (83.03%), muddati bor 66 ta, bajarilmagan 206 ta (12.86%).
Shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari R.Olimov rahbarligida;
Jami: 1274 ta shundan bajarilgan – 884 ta (69.39%), muddati bor 125 ta, bajarilmagan 265 ta (20.80%).
Shahar hokimining o‘rinbosari, investisiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i E.Radjabov rahbarligida;
Jami: 791 ta shundan bajarilgan – 705 ta (89.13%), muddati bor 31 ta, bajarilmagan 55 ta (6.96%).
Shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Eshonqulov rahbarligidagi;
Jami: 1191 ta shundan bajarilgan – 1145 ta (96.1%), muddati bor 35 ta, bajarilmagan 11 ta (0.93%).
Shahar hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i A.Mamatov raxbarligida
Jami: 508 ta shundan bajarilgan – 394 ta (77.56%), muddati bor 19 ta, bajarilmagan 95 ta (18.70%).
Shahar hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i A.Mamatov rahbarligida Is_Doc Flow elektron hujjat aylanish tizimi orqali 2020 yilda jami 508 ta hujjat va topshiriqlar yuborilgan, shundan 19 tasi muddati bor. Demak, A.Mamatov rahbarligida jami 95 ta (18.70%) hujjatlar (ijro muddati buzilib) ijrosi ta’minlanmasdan qolmoqda. Viloyat hokimining 05.11.2020 yil 175-Q sonli qarori nazorat raqami 132/01-22 (15 kun muddati o‘tgan).
- Ko‘pchilik holatlarda o‘rinbosarlarning “Vazirlar Mahkamasi yoki viloyat hokimligining chora-tadbirlar rejasi “Ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi” so‘zlari bilan yopilib kelinmoqda. Aslida shu kabi javob xatini imzolaydigan ayrim o‘rinbosarlar javob xatining asosiga e’tibor qaratishsalar maqsadga muvofiq bo‘lishardi.