ELEKTR ENERGIYASIDAN UZILGAN XONADONLARGA TEZ ORADA ELEKTR YETIB BORADI
Samarqand shahridagi yuqori kuchlanishli (35 kV) kabel tarmog‘ida iste’mol qilish tartibida ortiqcha yuklamalar bo‘lgani bois shikastlanish holati yuzaga kelgan.
Shu bois shaharning Qo‘shhovuz, Dahbed, Qalandarxona, Ibrohimxo‘ja, Kulollar, Urgutiy-1, So‘zangaron, Abdulla Qahhor, Zarduzlar, Dari zanjir, Yominiy, Go‘ri Amir mahallasida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Ayni paytda shahar elektr ta’minotining avariyaga qarshi maxsus brigadasi tomonidan ushbu kabel tarmog‘idagi nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Tez orada muammo to‘liq bartaraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanishi va aholi xonadonlariga elektr yetib borishini ma’lum qilamiz.
16 декабря 2024 г. 13:32 |
Yangiliklar
Samarqand Shahri Aholisini Tibbiy Ko‘Rikdan O‘Tkazish Davom Etmoqdai
22 января 2025 г.
3-Sektor Hududidagi Fuqarolar Muammosi Tinglanyaptii
22 января 2025 г.
Shaharning Chekka Hududida Fuqarolar Muammosi Tinglanyaptii
21 января 2025 г.