Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

YOQILG‘I BILAN BOG‘LIQ CHEKLOVLAR SHAHAR AVTOBUS YO‘NALISHLARIDAGI TRANSPORT VOSITALARINING TO‘XTALISHLARIGA SABAB BO‘LDI.

Yoqilg‘i bilan bog‘liq cheklovlar shahar avtobus yo‘nalishlaridagi transport vositalarining to‘xtalishlariga sabab bo‘ldi.

 Buning natijasida yuridik hamda jismoniy shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarda yo‘l kira narxlari ko‘tarildi. Mazkur holatning oldini olish, aholini jamoat transportiga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida vakolatli organlar ko‘magida avtobuslar qisman yoqilg‘i bilan ta’minlandi. 

Bugun, 18-yanvar kuni Samarqand shahar jamoat transporti yoʻnalishlarida 120 ta avtobus yoʻlovchilar xizmatida. 

Shuningdek, shahar tramvay yo‘nalishlarida tramvaylar odatiy jadval asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Avtobuslarning yetishmasligi ba’zi yo‘nalishlardagi oraliq intervallarda harakat davomiyligining cho‘zilishiga yoki toʻxtalishlarga sabab bo‘lmoqda.

Samarqand shahar jamoat transporti harakatini to‘liq tiklash borasida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

 
 
18-Yanvar, 2023-yil 10:20 |