YANGI O‘ZBEKISTON-INSON QADRI ULUG‘LANGAN YURT
Ayni kunlarda azim Toshkentdan chiqib Respublika bo‘ylab "Yangi O‘zbekiston-inson qadri ulug‘langan yurt" shiori ostida 300 dan ortiq ijodkorlar karvoni "mahallabay" tamoyili asosida ijodiy uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Bugun shahrimizdagi mahallalarda ushbu elimiz suygan ijodkorlar o‘zlarining mahsullari bilan mahalla aholisini xushnud etmoqda. Jumladan, Vatanparvar bog‘ida ham shunday uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
-Bunday ijodiy uchrashuvlardan maqsad, mamlakatimizdagi har bir insonning qadrini ulug‘ligini tarannum etishdir-deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Uchqun Tillayev.