XALQARO MEHNAT TASHKILOTI BOSH DIREKTORI JANOB JILBER UNGBO BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA A’ZOLARI SAMARQAND SHAHRIDAGI “DEVORI KO‘NDALANG” MAHALLASIDA HAM BO‘LIB, “YETTILIK” ISH FAOLIYATI, VAZIFALARI HAMDA ULAR TOMONIDAN AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR BILAN YAQINDAN TANISHDI.
Mehmonlar “mahalla yettiligi” faoliyatiga ijobiy fikr bildirib, bu tizim aholini qiynab kelayotgan masalalarni mahallaning o‘zida hal etishga ko‘mak berayotganini yuqori baholadi.
Tashrif davomida aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha “Devori ko‘ndalang” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.
Delegatsiya a’zolari mahalla faollari, nuroniylar hamda yoshlar vakillari bilan samimiy muloqot qildi. Mehmonlarga o‘zbek milliy an’analari va qadriyatlari namoyish etildi.
11-Iyul, 2024-yil 18:32 |