VILOYAT EKOLOGIYA BOSHQARMASIGA YANGI RAHBARLAR TAYINLANDI
Jo‘rayev Baxtiyor Muqimovich — Samarqand viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
B.Jo‘rayev 1988 yilda Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. Ekologiya tizimida 2015 yildan buyon ishlab kelmoqda. Bungacha Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lgan.
U 2009 yilda Farg‘ona politexnika instituti va 2011 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (magistratura)ni tugatgan.
Shuningdek, Xushbaqov Dilshod Murodullayevich Ekologiya vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Dilshod Xushbaqov 1988 yilda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. 2013 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti, shuningdek, Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Bungacha ushbu Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan Kamoliddin Shermatov boshqa viloyatga rotatsiya qilish yo‘li bilan o‘tkazilgan.