UY SOTIB OLISHDA HUSHYOR BO‘LING
Samarqand shahrining Rudakiy ko‘chasida "Konstant proyekt" MCHJ hamda Gagarin ko‘chasida "Samarqand lamit" MCHJ tomonidan qurilayotgan turarjoy binosining qonuniyligi o‘rganilganda shaharsozlik hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirmagan holda qurilish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.
Shu bois fuqarolardan yuqoridagi manzilda joylashgan va to‘liq hujjatga ega bo‘lmagan uylardan uy sotib olishda ehtiyot bo‘lishingiz so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, uy sotib olmoqchi bo‘lsangiz va hujjati siz uchun muhim bo‘lsa Samarqand viloyat qurilish boshqarmasi va Samarqand shahar hokimligidan to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.
11-Iyun, 2024-yil 12:23 |