Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

TASHQI REKLAMANI JOYLASHTIRISH TARTIBINI BUZGANLIK BAZAVIY HISOBLASH MIQDORINING  50 BARAVARI MIQDORIDA JARIMAGA SABAB BO‘LADI

Tashqi reklamani joylashtirish tartibini buzganlik bazaviy hisoblash miqdorining  50 baravari miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi

 

Samarqand shahrining Buyuk Ipak Yo‘li, Amir Temur va Chuquryo‘l ko‘chasida o‘boshimchalik bilan, belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelmagan 200 dan ortiq targ‘ibot vositalari ishchi guruhi tomonidan tartibga olinib, tadbirkorlik subyektlariga tegishli ogohlantirishlar berildi.

Hurmatli tadbirkorlar, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasi 4-bandiga asosan, tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining  50 baravar miqdorida jarimaga tortilishingizni ogohlantiramiz. Targ‘ibot vositalari va reklamalarni joylashtirishda qonun talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.

 
 
15-Iyul, 2024-yil 10:18 |