SHAHAR NURONIYLARI UCHUN TASHKIL ETILGAN SAYOHAT "NURONIYLAR MASKANI"DA DAVOM ETDI

Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan nuroniylar uchun tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy sayohat va ziyorat tadbiri "Nuroniylar maskani"da davom etdi.
Kun davomida shaharning bir qator tarixiy va ziyoratgoh joylarida bo‘lgan otaxon va onaxonlar “Nuroniylar maskani”da kutib olindi. Bu yerda ular uchun bir piyola choy, konsert dasturlari tashkil etilib, dil izhorlari bildirildi.
Shuningdek, shaxmat va shashka bo‘yicha kichik musobaqalar o‘tkazildi va nuroniylar o‘z iqtidorlarini namoyon etish imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbirda Samarqand shahar hokimligi tomonidan nuroniylarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
23-May, 2025-yil 15:15 |
Yangiliklar
Hokim 52-Maktabda Olib Borilayotgan Ishlar Bilan Tanishdii
14-Iyun, 2025-yil
Shahar Hokimi Profilaktika Inspektorlari Bilan Uchrashdii
14-Iyun, 2025-yil