SAMARQAND VA KONYAGA BIRODAR SHAHARLAR MAQOMI BERILDI

O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiyada hokimlar uchun o‘tkazilayotgan malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda. Tashrif doirasida 10-fevral kuni Konya shahrida “Yuksalish” harakati raisi Bobur Bekmurodov va Turk dunyosi munitsipalitetlari ittifoqi prezidenti, Konya meri Ibrohim Altay o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida Turk dunyosi munitsipalitetlari ittifoqi prezidenti, Konya meri Ibrohim Altay hamda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov tomonidan Samarqand va Konya shaharlarining birodar shaharlar maqomida hamkorlik qilishi bo‘yicha protokol imzolandi.
10-Fevral, 2025-yil 18:20 |
Yangiliklar
Hokim 52-Maktabda Olib Borilayotgan Ishlar Bilan Tanishdii
14-Iyun, 2025-yil
Shahar Hokimi Profilaktika Inspektorlari Bilan Uchrashdii
14-Iyun, 2025-yil