Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND SHAHRINING CHEKKA MAHALLASIDA IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI

Samarqand shahrining chekka mahallasida iftorlik dasturxoni yozildi

Bugun Samarqand shahrining eng chekka hududida joylashgan  Yangi hayot mahalla aholisi uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Unda ro‘zadorlar hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila a’zolari ishtirok etdi.

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov ishtirok etgan mazkur tadbirda ro‘zadorlar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, ro‘zg‘orimizga baraka, dehqonlarimizga mo‘l hosil tilab, duo qilishdi.  

Bu kabi xayrli tadbirlar shaharning boshqa hududlarida ham tashkil etilmoqda.

 
 
29-Mart, 2023-yil 20:12 |