SAMARQAND SHAHRIDAGI AVTOBUSLAR QURBON HAYITI KUNI SOAT 4:00 DA QATNOVNI BOSHLAYDI
Joriy yilning 28-iyun kuni “Qurbon hayiti” bayrami nishonlanishi munosabati bilan yo‘lovchilar tashish uzluksizligini taʼminlash va aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Samarqand shahar avtobus yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar yo‘nalishlarga chiqariladi.
Bundan tashqari, “Qurbon hayiti” namozi o‘qilishi munosabati bilan masjidlarga kelib ketishda shahrimiz aholisiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida avtobuslar harakati soat 4:00 dan boshlab yo‘lga qo‘yilishini ma'lum qilamiz.
Shahrimiz aholisidan, hayit namoziga tashrif buyurishda tirbandliklarning oldini olish maqsadida ushbu avtobuslardan foydalanishlarini so‘raymiz.
Bayram munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilangan 29, 30-iyun, shuningdek, 1, 2-iyulda esa jamoat transporti odatiy jadval asosida harakatlanadi.