SAMARQAND SHAHRIDA ERONDAN KELGAN TURISTIK AVTOKARVONI KUTIB OLINDI
Avtoturizm XX asrning boshlarida paydo bo‘lgan va ko‘pchilik o‘z avtomobillariga ega bo‘la boshlagani hamda yo‘llarning sifati yaxshilangani sababli tobora ommalashib bormoqda (https://t.me/sam_turizm/6493).
Zamonaviy avtomobillar shunchalik xilma-xilki avtoturizm ishqibozlari yengil avtomashinada, avtouyda yoki yo‘l tanlamas mashinasida sayohat qilishlari mumkin.
Ana shunday avtoturistlardan iborat navbatdagi avtokarvon Samarqand shahrida kutib olindi.
Erondan kelgan sayohatchilar barcha zarur sharoitlar yaratilgan “Silk Road Samarkand” xalqaro turistik markaziga joylashdi.
3-Aprel, 2023-yil 15:25 |