Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND SHAHRIDA 224 TA AVTOBUS VA 19 TA MIKROAVTOBUS XIZMAT KO'RSATMOQDA

Samarqand shahrida 224 ta avtobus va 19 ta mikroavtobus xizmat ko'rsatmoqda

Bugun Samarqand viloyati miqyosidagi avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida 2100 ta litsenziyalangan avtotransport vositalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Shundan 364 tasi avtobus, 89 tasi mikroavtobus hamda 1647 tasi Damas rusumli transport vositalaridir.

Samarqand shahrida esa 224 ta avtobus va 19 ta mikroavtobus yo‘lovchilarga xizmat ko'rsatmoqda.

Bundan tashqari, yo'lovchilar uchun “Temiryo‘l vokzali - Sartepo maskani” hamda “Temiryo‘l vokzali - Siyob bozori” yo‘nalishida harakatlanayotgan tramvaylar xizmat ko'rsatyapti.

Eslatma: Ba’zi avtobus yo‘nalishlarida uzilishlar yoki oraliq intervallarning uzgarishi kuzatilishi mumkin.

 
 
13-Fevral, 2023-yil 11:49 |