Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SADRIDDIN AYNIY NOMLI KO‘CHADA YANA BIR YO‘NALISH OCHILDI

Sadriddin Ayniy nomli ko‘chada yana bir yo‘nalish ochildi

Samarqand shahrida aholini jamoat transporti bilan ta’minlash maqsadida yangi yo‘nalishda avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yo‘nalishlar “Simetra” xorijiy kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan transport master rejasiga asosan M15-raqamli “Temiryo‘l vokzali - Shodiyona savdo majmuasi” (aylanma) shahar avtobus yo‘nalishi hisoblanadi. 

M15-raqamli shahar avtobus yo‘nalishi Temiryo‘l vokzalidan boshlanib, Rudakiy, Gagarin, Mirzo Ulug‘bek, Bo‘stonsaroy, Universitet xiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Shabod, usta Umar Jo‘raqulov, Shohi Zinda, Rudakiy, Dahbed, Registon, Universitet xiyoboni, Shohruh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Gagarin, Rudakiy ko‘chalari orqali Temiryo‘l vokzalida yakunlanadi.

Yonalishda “Maroqand trans 777” MCHJ tomonidan olib kelingan King Long rusumli 7 ta avtobus 14 daqiqalik interval asosida harakatlanadi. Avtobuslarda elektron to‘lov tizimi mavjud. 

 
 
4-Aprel, 2023-yil 17:07 |