Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI SAMARQANDDA O‘RGANISH ISHLARINI OLIB BORMOQDA

Respublika ishchi guruhi Samarqandda o‘rganish ishlarini olib bormoqda

Mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar tarbiyasi kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish bo‘yicha Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi rahbarligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatida bo'lib turibdi.

Dastlab ishchi guruh tomonidan viloyat Yoshlar markazida tashkil etilgan shtab a'zolari ishtirokida o'rganilishi lozim bo'lgan masalalar muhokama etildi va bugungi rejalar belgilab olindi.

 
 
5-Fevral, 2024-yil 15:59 |