Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

QOZOG‘ISTONNING TURKISTON SHAHRI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI RIVOJLANMOQDA

Qozog‘istonning Turkiston shahri bilan hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda

Samarqand shahar hokimligida Qozog‘istonning Turkiston shahar hokimligi rahbariyatidan iborat delegatsiya bilan shahar hokimi Fazliddin Umarov uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuvda yuqorida imzolangan bitim asosida hamkorlikda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar muhokama etildi.

Shuningdek, mazkur bitim asosida Turkiston hunarmandlari  Samarqandning ko‘p asrlik tarixga ega hunarmandchilik durdonalarini o‘rganish uchun tashriflari kelishib olindi.

Aytish o‘rinliki, 2022-yilning 20-21-dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Qozog‘iston va O‘zbekiston biznes-forumi doirasida Samarqand shahri hamda Turkiston shahri o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bitimi imzolangandi va bu haqda xabar bergan edik. 

 
 
7-Fevral, 2023-yil 16:45 |