QONUN IJROSI TA’MINLANMOQDA
Joriy yilning 7-8-sentabr kuni shahar hokimligi ishchi guruhi tomonidan Rudakiy, Afrosiyob, Beruniy ko‘chalarida tashqi reklama vositalarini o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra 100 ga yaqin “Davlat tili haqida”gi Qonunning 20-moddasi va "Reklama to'g'risida"gi Qonunning 6-moddasi talablariga mos kelmagan hamda yo‘lning qatnov qismiga, pyodalar yo‘lagiga, gazonlar ustiga noqonuniy o‘rnatib olgan tashqi reklama vositalari bartaraf etildi.
Tadbirkorlar qonun talablariga rioya etishlari to‘g‘risida ogohlantirildi.
8-Sentabr, 2023-yil 18:04 |