PREZIDENT OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MASALALARIGA E’TIBOR QARATDI.
Zaxira qilish ishlaridagi kamchiliklar uchun ayrim hududlarda kartoshka va go‘sht narxi o‘sganiga e’tibor qaratildi. 18 ta tuman va shaharda bozorlarni go‘sht, kartoshka, sabzi, piyoz va guruch bilan uzluksiz ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani, oziq-ovqat jamg‘armalari uchun Sirdaryo, Xorazm va Toshkent shahrida mahalliy byudjetdan mablag‘ ajratilmagani tanqid qilindi.
Bosh prokuratura, Raqobat qo‘mitasi va boshqa mas’ul idoralarga zaxira yaratish va narx ustidan monitoring qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlar tuzish, narx eng yuqori o‘sgan tuman va shaharlarda bozorlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish topshirildi.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari oldiga 620 ming tonna mahsulot zaxirasini yaratish vazifasi qo‘yildi.
Yangiliklar
5-Dekabr, 2024-yil
3-Dekabr, 2024-yil