Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

MUNOSABAT O‘RNIDA: REKLAMA VOSITALARI BELGILANGAN TARTIBDA O‘RNATILISHI KERAK

Munosabat o‘rnida: Reklama vositalari belgilangan tartibda o‘rnatilishi kerak

Ona tilimizga bo‘lgan eʼtibor, nafaqat bugungi kunda, balki barcha davrda ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu o‘rinda bobolarimiz aytgan quyidagi purmaʼno fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti bu til va adabiyotdir."

Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Dunyoda 5600 dan ortiq til mavjud bo’lib, bundan 200 tasi davlat tili sifatida qabul qilingan. Ularning orasida o’zbek tilining  borligi uning sof, mukammal, purma’no va jozibadorligidan darak beradi.

Rossiyalik tilshunos olima, professor A.M.Kozlyanina “O’zbek tili nafis va musiqa ohangidek jozibador” deb bejiz ta’kidlamagan. Shunday ekan ona tilimizning go’zalligini, sofligini keyingi avlodlarga yetkazish bizning vazifamizdir. Negaki, ona tilini ulugʻlash, asrab-avaylash, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish har bir insonning burchidir.

1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunning 20-moddasida “Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinib, boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin” deb koʻrsatilgan. 2022-yil 7-iyunda yangi tahrirda qabul qilingan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasida reklamaning yozilish ta’rtibi kursatilgan. Ya'ni “O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi. 

Reklama mazmunining tarjimasi quyidagi talablarga rioya etgan holda boshqa tillarda takror berilishi mumkin: 
reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzib ko‘rsatmasligi kerak;

tashqi reklama orqali joylashtiriladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal holda joylashtirilishi va umumiy reklama maydonining qirq foizidan oshmasligi kerak;

reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni harfining o‘lchami O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matni harfining o‘lchamidan kichik bo‘lishi kerak;”

Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 47-modda 4-xatboshiga asosan Reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar belgilangan. SHuningdek,  tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Shu bois bu qonun yuzasidan ijtimoiy tarmoq va televideniye orqali hamda bevosita barcha tadbirkorlarga takror-takror oʻz reklama va e’lonlarini qonunga moslashtirish kerakligi tushuntirilsa-da, ayrim holatlarda bunga amal qilinmasdan kelmoqda. Demakki, hech kimda boshqa tilga qarshilik yo‘q. Shuningdek, chet tillarini oʻrganish yaxshi albatta, lekin oʻz ona tilini unutmaslik lozim. 

Muzaffar Yunusov bildirgan fikr: “Xorijda boʻlganimda, ingliz tilidagi belgilar menga tilni tezroq oʻrganishimga yordam berdi. Aksincha, yoshlar rus tilidagi soʻz boyligini toʻldirishlari uchun rus tilida belgilar qoʻyish kerak. CHunki tillarni bilish hech qachon zarar qilmaydi.” 

Shu sababli har kuni odamlarning koʻzi tushub turadigan reklama va e’lonlar birinchi navbatda Davlat tilida boʻlishi, bu oʻz tilimizni nufuzini, sofligini va mavqeyini yanada oshirishi uchun qonunchilikka kiritilgan.

SHu o‘rinda aytish o‘rinliki, reklama vositalari bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh qonun ijrosini ta’minlash uchun tuzilgan boʻlib, avval oʻzbek tilida so‘ng uning tarjimasini boshqa tilda yozib qoʻyishi mumkinligi tushuntirilmoqda. SHu bois jtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan qonunni to‘g‘ri anglamagan holda ta’lqin qilish orqali o‘zgalarda noto‘g‘ri fikr uyg‘otmasliklarini va bu uchun javobgarlik borligini eslatib o‘tamiz.

Norbek Alqarov, Samarqand shahar hokimining maslahatchisi.

 
 
28-Yanvar, 2023-yil 14:20 |