Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

MUNOSABAT: BEKAT ORTIDAGI PANJARA TO‘SIQ OLINDI

Munosabat: Bekat ortidagi panjara to‘siq olindi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrining Registon ko‘chasida joylashgan bekatlarning biriga o‘tish joyida panjaralar qo‘yilgani va natijada fuqarolarning bekatga o‘tishi muammo bo‘layotgani haqida xabar tarqaldi.

Holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, xabarda aytilgan muammo mas’ullar tomonidan tezda joyida o‘rganildi. 

Unga ko‘ra, o‘rnatilgan panjara to‘siq haqiqatan ham bekatga o‘tib-qaytish uchun muammo tug‘dirayotgani kuzatildi. Shundan so‘ng panjaralar tegishli tartibda olib tashlandi va fuqarolarga qulay shart-sharoit qilindi.

Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati.

 
 
10-Sentabr, 2024-yil 12:36 |