"MARD O'G'LON" DAVLAT MUKOFOTIGA HUJJAT QABUL QILISH BOSHLANDI
Xabaringiz bor O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekton yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi" tegishli farmoniga muvofiq "Mard o'g'lon" davlat mukofoti ta'sis etilgan.
Bugundan ushbu mukofot uchun agentlikning tuman va shahar bo‘limlarida hujjatlar qabul qilish boshlandi.
Ushbu mukofot respublikamizdagi yoshlarning o'qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste'dodi bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan iqtidorli yigitlarga fan, ta'lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot va san'at, sport va ishlab chiqarish, harbiy sohalarda hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun berib kelinmoqda...