IKKINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI SAMARQAND SHAHAR BOSQICHI BO'LIB O'TDI
Ikkinchi Ustozlar Milliy forumida Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi ta'lim muassasalari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari hamda 2022-2023 - o‘quv yili davomida samarali mehnat qilgan ilg‘or va tajribali o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Ustozlar Milliy forumida Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari Orif Xaitov so‘zga chiqib forum ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayramining 32 yilligi munosabati bilan tabrikladi.
- Bugun sizlar bilan “Sifatli ta’lim-kuchli jamiyat” shiori ostida II ustozlar milliy forumining Samarqand shahar bosqichini o‘tkazmoqdamiz. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad shuki, har bir rejamiz, harakatimiz yakunida – ta’lim sifatining oshishiga, uning natijadorligini ta’minlashga erishishdir.
- Forumda ana shu boradagi vazifalarni aniqlash, belgilash hamda ijrosini ta’minlash chorasini ko‘rish uchun, aniqrog’i, yuzma-yuz, samimiy, xolisona muloqot qilish uchun ushbu anjumanda ko‘rishib turibmiz.
Forumda so‘zga chiqqan shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Qo‘ldosh Saidov o‘tgan o‘quv yilida erishilgan yutuqlar, xato-kamchiliklar, ta’lim tizimidagi islohotlar, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik borasida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Xulosa o‘rnida yuqorida qayd etilgan yutuqlar, yuqori natijalar bilan birgalikda yo‘l qo‘ygan kamchiliklarimiz ham bor albatta. Bugun bayramona kayfiyat bo‘lganligi sababli faqatgina yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklarimizni sanab o‘tmoqchiman.
Jumladan: Milliy reyting natijalariga ko‘ra respublikada yuqori natijalarning yo‘qligi, “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovi”da respublika hatto viloyatda natijamiz yo‘qligi,
Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida faxriy o‘rinlarimiz yo‘qligi,
Xorijiy mutaxassisilar yoki shahrimizdagi OTMlarning professor-o‘qituvchilarni maktablarga jalb etish samaradorligining pastligi,
Xorijiy til o‘qituvchilarimizning chet tilini bilish bo‘yicha xalqaro va milliy sertifikatlarni olgan o‘qituvchilarimizning ulushi kamligi, O‘quvchi yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning ortib borayotganligi, maktablarda ma’naviy va ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligi tushib ketgan.
Hurmatli ustoz- murabbiylar!
Men shu o‘rinda avval bildirgan bir fikrimni yana takror aytmoqchiman. Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor, havas qilsa arziydigan ulug’ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz bo‘ladi.
Forum so‘ngida bir guruh ilg‘or o‘qituvchi -murabbiylar taqdirlandi.