HUDUDLAR OBOD BO‘LISHI, AHOLI UCHUN BARCHA SHAROIT YARATILISHI ASOSIY O‘RINDA
Samarqand shahridagi sektor rahbarlari hamda korxona va tashkilot mas’ullari ishtirokida shahardagi obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari joyida o‘rganildi.
Shuningdek, asosiy e’tibor piyodalar va avtotransport vositalari harakatlanadigan yo‘llar, bino-inshootlar, ariq va yashil maydonlarga qaratildi. Shu bilan birga, fuqarolarning dam olish joylari va bolalar maydonchalari ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng, joylarda kuzatilgan mavjud muammolarni tegishli tartibda bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi va ularni tez kunlarda tartibga keltirish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
20-Iyul, 2024-yil 16:56 |