HAMMAMIZ UCHUN QADRLI BO‘LGAN USTOZ VA MURABBIYLAR!
Siz azizlarni, ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barcha pedagog xodimlarni 1-oktabr – "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Barchamizga ilm o‘rgatgan, hayot sabog‘ini bergan jonkuyar, fidoyi o‘qituvchi va murabbiylarimizga chin dildan ta’zim qilamiz.
Ko‘z nuri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnati, ularning jasorati har qanday yuksak baholarga munosibdir.
Bayram munosabati bilan Siz aziz ustozlarga mustahkam sog‘lik, oilangizga tinchlik va xotirjamlik, mashaqqatli ishlaringizga omad va zafarlar tilab qolamiz.
Hurmatli ustoz va murabbiylar, yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!
Samarqand shahar hokimi
Fazliddin Umarov.
1-Oktabr, 2024-yil 9:33 |