DOIMIY KOMISSIYALARDA MUAMMOLAR MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyatida Qonuniylikni ta’minlash, sud –hukuk masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bo‘yicha, Sanoat, transport qurilish, aloqa, kommunal xo‘jalik hamda aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari va ularning a’zolari ishtirokida komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Uni Kengash kotibiyat mudiri F.Ochilov olib bordi.
Dastlab “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish, sog‘liqni saqlash, xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamni ko‘rsatilishi, yoshlar muammolarini hal etish, ularning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi ishlar yuzasidan shahar hokimining o‘rinbosari O.Xaitovning hisoboti tinglandi.
Shundan so‘ng elektr energiyasi (xususan energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish, energiya samaradorligi) ta’minotini yaxshilash, tabiiy gaz ta’minoti va hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasidagi ishlar, kanalizasiya tizimini yaxshilash borasidagi ishlar, kuz qishga tayyorgarlik (isitish tizimi), ayniqsa, ijtimoiy soha obektlarida amalga oshiriladigan ishlar, ko‘cha chiroqlarining o‘rnatilganligi, ko‘p qavatli uylarning kirish eshiklari o‘rnatilganligi, framugalar qo‘yilganligi, liftlarni ishlatilishi, ularga xizmat ko‘rsatilishi, mahallalarni obodonlashtirilishi, qabristonlarni obodligi masalalari to‘g‘risida shahar hokimining o‘rinbosari F.Najmiddinovning hisoboti berdi.
Huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi shahar IIB mas’ul xodimi hisobotidan so‘ng shahardagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida shahar adliya bo‘limi boshlig‘i N. Alimovning axboroti eshitildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasi “Samarqand shahridagi sektorlar va xududdagi tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan masala muhokama qilindi.
Shaharda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilikni oldini olish borasida 2023 yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan deputatlar o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Yangiliklar
5-Dekabr, 2024-yil
3-Dekabr, 2024-yil