DAVLAT BOSHQARUVIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR: MASʼUL RAHBARLAR UCHUN O'QUV-AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI
Toshkent shahridagi IT-parkda Boshqaruv samaradorligi agentligi filiallari rahbarlari uchun tashkil etilgan o'quv-amaliy seminar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli institutsional islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishish, raqamli transformatsiya va zamonaviy texnologik yechimlarni amaliyotga joriy etishga yo'naltirildi. O'quvga tajribali mutaxassislar, IT sohasi ekspertlari jalb etildi.
Seminar avvalida joriy yilning 21-oktyabr kuni Davlatimiz rahbarining IT-parkka tashrif chog‘ida sun’iy intellekt texnologiyalarini vazirlik va idoralar faoliyatiga keng tatbiq etish orqali samaradorlikni oshirish bo'yicha bergan takliflari yuzasidan fikr-mulohazalar almashinilib, muhim vazifalar belgilab olindi.
Tadbir ishtirokchilariga davlat boshqaruvini raqamlashtirish, sun'iy intellekt asosida qaror qabul qilish tizimlarini joriy etish, axborot xavfsizligi (kiberxavfsizlik)ni ta’minlash hamda innovatsion loyihalarni boshqarish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Dastur doirasida:
▫️Texnologik mahsulotlar va startap loyihalar ko‘rgazmalari,
▫️Sun'iy intellekt ekotizimini joriy etish bo‘yicha loyihalar taqdimotlari,
▫️Kiberxavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan integratsiyalashgan loyihalar muhokamasi,
▫️"Yangi O‘zbekiston" universiteti faoliyati bilan tanishuv hamda innovatsion laboratoriyalarga tashrif,
▫️Olimpiya shaharchasiga tashrif va infratuzilma obyekti bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ishtirokchilar uchun seminar doirasida strategik menejment, raqamli kompetensiyalar va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy keyslar ham tashkil etiladi.
Ushbu tadbir sohada samaradorlikni oshirish, jarayonlarni optimallashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz
Yangiliklar
10-Noyabr, 2025-yil
7-Noyabr, 2025-yil
7-Noyabr, 2025-yil
6-Noyabr, 2025-yil