CHASHMADA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasi va Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi hamkorlikda tasdiqlangan reja grafigiga asosan Chashma mahallasida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Unda aholi uchun "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi" hamda mutaxassislar ishtirokida tibbiy-ko‘rik ham tashkil etilib, "Sog‘lom avlod jamg‘armasi" tomonidan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bepul dori darmonlar tarqatildi.
Shuningdek, fuqaro Mo‘minova Barnoning nogironlik aravachasi olishda amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi murojaati joyida ijobiy hal etilib, yashash xonadoniga olib borildi.
2-Mart, 2023-yil 16:59 |