Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

“BOQIY SHAHAR” MAJMUASIDA BOJ OLINMAYDIGAN DO‘KON ISH BOSHLADI

“Boqiy shahar” majmuasida boj olinmaydigan do‘kon ish boshladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-dekabrdagi “Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” Kontseptsiyasi asosida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-455-sonli qaroriga muvofiq, bojxona organlariga Samarqand turistik markazi hududida xorijlik sayyohlar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konini tashkil etish vazifasi berilgan edi.

Bugun turistik markazning durdonasi hisoblangan “Boqiy shahar” majmuasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet ellik shaxslar uchun ichki hududda faoliyat yuritadigan 2 ta boj olinmaydigan savdo do‘konining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda “Foodout Group" tadbirkorlik sub'ektiga  bojsiz savdo do‘koni faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tegishli litsenziya topshirildi.

 
 
22-Fevral, 2023-yil 20:11 |