AVVAL XABAR QILGANIMIZDIK, SAMARQAND SHAHRIDAGI MAHALLALARDA SAYYOR QABULLAR DAVOM ETMOQDA.
Bugun ham shahardagi Rudakiy, Ali Qushchi va Beruniy mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Samarqand shahar sektor rahbarlari hamda Prezidentning Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasi ishtirokida o‘tgan qabulda fuqarolardan asosan, uy-joy, tibbiy xizmat, yo‘l va elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha murojaat bo‘ldi.
Qabulda aksariyat murojaatlar joyida yechimini topdi va vaqt talab qiladigan muammoli murojaatlarni tez fursatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatma berildi.
21-Iyun, 2024-yil 18:51 |