Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

AMIR TEMUR KO‘CHASINING AYRIM QISMIDA TRANSPORT VOSITALARINING HARAKATI VAQTINCHA CHEKLANADI

Amir Temur ko‘chasining ayrim qismida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentabrdagi “Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi Amir Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Gagarin ko‘chasigacha bo‘lgan qismida rekonstruksiya qilish va qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

SHunga ko'ra, Amir Temur nomi bilan ataluvchi ko‘chaning ta'mirlash ishlari olib boriladigan qismida vaqti-vaqti bilan transport vositalarining harakati cheklab borilishini ma'lum qilamiz.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

 
 
23-Mart, 2023-yil 11:07 |