Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

AMIR SHOHMUROD KIM VA "TINCHLIK QADRI" HUJJATLI FILM NIMA HAQDA?

Amir Shohmurod kim va "Tinchlik qadri" hujjatli film nima haqda?

Samarqand shahar hokimligida o‘tgan navbatdagi o‘quv soatida shu va mavzuga aloqador boshqa savollarga javob berildi.

Unda dastavval Samarqand Davlat universitetining malakali mutaxassislari tomonidan 1785-1800 yillar davrida hukmronlik qilib, adolatparvarligi va davlatni isloh qilishga qaratilgan harakatlari bilan tarixda nom qoldirgan Amir Shohmurod (Muhammad Shohmurod) shaxsiyati haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng "Tinchlik qadri"
nomli hujjatli film namoyish etildi va uning mazmun-mohiyati xususida Samarqand shahar Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning bosh mutaxassisi Rustam Sultonov tomonidan tushuncha berildi.

Mavzu yuzasidan namoyish etilgan ma’naviyatga chorlovchi navbatdagi viderolikdan so‘ng tinglovchilar mavzu yuzasidan kelib chiqqan holda o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati 
 

 
 
24-Yanvar, 2025-yil 11:10 |