“ZULFIYAXONIM” KOʻRIK-TANLOVINING SAMARQAND SHAHAR BOSQICHIGA START BERILDI
Bugun Samarqand shahrida “Zulfiyaxonim” koʻrik-tanlovining shahar bosqichi boshlandi. Tanlov doirasida ishtirokchilar madaniyat, sanʼat, adabiyot va sport kabi koʻplab yoʻnalishlarda oʻz isteʼdodlarini namoyish etmoqdalar.
Mazkur tanlov yoshlarning ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, ularni Vatanga sadoqat, ezgulik va goʻzallik ruhida tarbiyalashni maqsad qilgan.
Oct. 25, 2025, 12:06 p.m. |