YOSHLAR BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

Bugun Samarqand shahar hokimligi mas’ullari hamda shahar IIO FMB Probatsiya xizmati boshlig‘i Sh.A.Mingboyev ishtirokida Probatsiya xizmati hisobida turuvchi nazoratdagi shaxslar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda qayd etilgan shaxslar bilan qayta jinoyat sodir etmaslik, sud tomonidan yuklatilgan majburiyatlarga qat’iy rioya qilish hamda to‘g‘ri hayot yo‘liga qaytish masalalari yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirishga xizmat qiladi.
July 11, 2025, 6:58 p.m. |