Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

YANA BIR NOQONUNIY QURILISH BUZILDI

Yana bir noqonuniy qurilish buzildi

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining ijro varaqasiga asosan, javobgar A.Rustamov tomonidan shaharning Xo‘ja Ahror Valiy mahallаsi Termiz ko‘chasida noqonuniy ravishda qurilgan yengil konstruksiyali bino buzib tashlandi.

Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi shahar bo'limi tomonidan belgilangan tartibda ijro harakatlari amalga oshirilib, 7 kvadrat metr maydonni egallagan noqonuniy qurilma javobgar hisobidan demontaj qilindi. 

Shu bois, tadbirkorlar va fuqarolarni faoliyatlarini faqat qonuniy asosda olib borishga chaqiramiz. Qonun talablariga rioya qilmaslik moliyaviy yo‘qotishlar bilan bir qatorda, huquqiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.
 

 
 
March 27, 2025, 2:38 p.m. |