XOTIN-QIZLAR FAOLLARINING YILLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI

Samarqand shahar hokimligida shahar mahallalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollarining hisobat yig‘ilishida soha mas’ullarining oldiga qo‘yilgan vazifalar va ularning ijrosi yuzasidan tahliliy ma’lumotlari o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusida faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
Shu bilan birga, 2025-yilda xotin-qizlar faollari oldiga qo‘yilayotgan vazifalar – erta nikoh, oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-hunar hamda ta’limga yo‘naltirish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash borasidagi vazifalar va kutilayotgan natijalarga to‘xtalindi.
Tadbirda faol mehnat qilgan bir guruh faollarga, Oqila ayollar harakati a’zolariga tashakkuronoma topshirildi.
Tadbirda Samarqand shahar hokimi F.Umarov ishtirok etdi.