XALQ DEPUTATLARI SAMARQAND SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YETTINCHI CHAQIRIQ, TO‘QQIZINCHI SESSIYASINI CHAQIRISH TO‘G‘RISIDA XALQ DEPUTATLARI SAMARQAND SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YETTINCHI CHAQIRIQ, TO‘QQIZINCHI SESSIYASINI 2025-YIL 26-FEVRAL KUNI SOAT 09:00 DA SHAHAR HOKIMLIGINING MAJLISLAR ZAL

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan;
I. Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, to‘qqizinchi sessiyasini 2025-yil 26-fevral kuni soat 09:00 da shahar hokimligining majlislar zaliga chaqirilsin.
II. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:
1. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan maqsadlarning ijrosi va sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish borasida shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Bobojonovning 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlari hamda 2025-yil uchun mo‘ljallangan ustuvor rejalari yuzasidan hisoboti;
2. Kadastr agentligi Samarqand shahar bo‘limi boshlig‘i Sh.Talimovning “2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlari hamda 2025-yil uchun mo‘ljallangan ustuvor rejalari yuzasidan” hisoboti;
3. Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga ko‘maklashish to‘g‘risida;
4. Samarqand shahrida 2025-yil “Kambag‘allikdan — farovonlik sari” dasturi doirasida tanlangan mahallalarda elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini yaxshilash hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash yo‘nalishi bo‘yicha dasturga kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha shahar hokimining birinchi o‘rinbosari D.Xabibullayevni hisoboti;
5. Samarqand shahrida “Zarbdor” tajribasi asosida 1-bosqichda amalga oshiriladigan “Drayver” loyiha takliflarini ko‘rib chiqish;
6. Boshqa masalalar.
III. Mazkur farmoyish ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.Kengash raisi: F. UMAROV 2025-yil 21-fevral
Yangiliklar
March 12, 2025
March 11, 2025