XALQ DEPUTATLARI SAMARQAND SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YETTINCHI CHAQIRIQ, O‘N UCHINCHI SESSIYASINI CHAQIRISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining
17-moddasiga asosan QAROR QILAMAN:
I. Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, o‘n uchinchi sessiyasini 2025-yil 30-aprel kuni soat 16:00 da shahar hokimligining majlislar zaliga chaqirilsin.
II. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:
1. Samarqand shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
2. ATB “Agrobank” Samarqand viloyati boshqarmasi hududiy filiali boshqaruvchisi Zafar Rahmonov “Bank tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlarning ajratilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti;
3. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining 2025-yilda mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarining Samarqand shahrida o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shahar hokimining o‘rinbosari E.Rajabovning hisoboti;
4. Samarqand shahrining jamoat transporti tizimida ekologik xafsizlikni oshirish uchun muqobil yoqilg‘ilardan foydalanishi va aholiga sifatli jamoat transporti xizmat ko‘rsatishi yuzasidan Samarqand shahar hokimligi “Loyiha ofisi” rahbari O.Rahimovning hisoboti;
5. 4-oilaviy poliklinika bosh vrachining Gulnora Rustamova “2024-yilda amalga oshirilgan ishlari hamda 2025-yilda mo‘ljallangan ustuvor rejalari to‘g‘risidagi”gi hisoboti;
6. Boshqa masalalar.
III. Ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.