"XALQ BILAN YUZMA-YUZ TURIB, ULARNINING TAKLIF VA MUAMMOLARINI TINGLASH ENG TO‘G‘RI YO‘L. SHU BOIS ISHONCH BILAN BILDIRILAYOTGAN HECH BIR MUROJAAT E’TIBORDAN CHETDA QOLMASLIGI MUHIM. CHUNKI BIZ XALQQA XIZMAT QILISH UCHUN MAS’ULMIZ VA HAR BIR SO‘Z, HAR BIR MUROJAAT JAVOBSIZ QOLMASLIGI KERAK..."

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov Cho‘pon ota, Bunyod va Shirin mahallalari fuqarolarining murojaatini tinglash avvalida.
Ochiq muloqot tarzida o‘tayotgan qabulda fuqarolar tomonidan ko‘cha tibbiy xizmat, yo‘l ta’miri, elektr energiyasi, ichimlik suvi, obodonlashtirish, BSKlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat, uy-joy ta’miri, ishga joylashish hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatishga oid masalalar bo‘yicha murojaat bo‘lmoqda.
Ularning aksariyatiga joyida yechim topilib, vaqt talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilayotir.
Qabul davom etadi...
July 30, 2025, 9:05 a.m. |
Yangiliklar
Samarqand Viloyati Iibga Yangi Rahbar Tayinlandii
July 31, 2025
Xalqlar Do‘Stligi Kuni Munosabati Bilan Bayram Tabrigii
July 29, 2025