UNIVERSITET XIYOBONINING BIR QISMIDA TRANSPORT VOSITALARINING HARAKATI VAQTINCHA CHEKLANADI

Samarqand shahrining Universitet xiyobonida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan Universitet xiyobonining Bo‘stonsaroy, Shohrux Mirzo, Abdurahmon Jomiy, Orzu Mahmudov hamda Sadriddin Ayniy va Registon ko‘chasi bilan tutashga kesishmalaridan vaqti-vaqti bilan yopiladi va o‘sha hududda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Universitet xiyobonining Bo‘stonsaroy, Shohrux Mirzo, Abdurahmon Jomiy va Orzu Mahmudov ko‘chasi bilan tutashgan qismidan yopilgan hamda ishlar yakunlangach navbati bilan ochib boriladi va transport vositalarining harakati to‘liq tiklanadi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
June 13, 2022, 9:13 a.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025